Niderlandiya jahon chempionatlari tarixida 100 ta gol urgan sakkizinchi jamoaga aylandi

Niderlandiya terma jamoasi jahon chempionatlari tarixida 100 ta gollik marraga etgan sakkizinchi jamoa bo'ldi. Bu haqda Squawka statistik portali xabar berdi.
JCh-2026 guruh bosqichida Shvetsiyaga qarshi kechayotgan bahsda Brayan Brobbi «lola ranglilar»ning 99 va 100-gollariga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Niderlandiya jahon chempionatlari tarixida kamida 100 ta gol urgan terma jamoalar safiga qo'shildi.
Hozirgacha ushbu natijaga quyidagi jamoalar erishgan:
- Braziliya
- Germaniya
- Argentina
- Frantsiya
- Italiya
- Ispaniya
- Angliya
- Niderlandiya
Ma'lumot uchun, JCh-2026 guruh bosqichi doirasidagi Niderlandiya — Shvetsiya uchrashuvida niderlandlar Xyuston shahridagi stadionda 2:0 hisobida oldinda bormoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar