"Santos" Neymar bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirmoqchi.

33 yoshli forvardning braziliyaliklar bilan amaldagi kelishuvi 31 dekabrga qadar mo'ljallangan. Yangi shartnomani imzolash bo'yicha muzokaralar rivojlangan bosqichda, deb yozadi Marca. Yakuniy kelishuvga erishish rejalashtirilgan uchrashuv sanasi hali belgilanmagan, ammo tomonlar o'rtasida o'zaro tushunish mavjud.

Qayd etilishicha, futbolchiga boshqa klublar, jumladan, "Flamengo" ham qiziqish bildirmoqda.

Braziliya chempionatining o'tgan mavsumida Neymar 20 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan.