Neymarning JCh-2026 oldidan muammolari ko'paymoqda

Braziliya milliy terma jamoasi yulduzi Neymarning yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatidagi ishtiroki jiddiy xavf ostida qolmoqda. Opilhado nashrining xabariga ko'ra, terma jamoa murabbiylar shtabi va futbol federatsiyasi hujumchining xatti-harakatlaridan norozi.
Terma jamoa mutasaddilari Neymar atrofidagi vaziyatni kuzatar ekan, to'rtta asosiy xavotirli omilni qayd etgan:
-
Barqaror o'yin amaliyotining yo'qligi: Neymar haligacha ketma-ket 8 ta uchrashuvda maydonga tushgani yo'q. Murabbiylar jahon chempionati oldidan futbolchining jismoniy holati bunday yuklamalarni ko'tara olishiga shubha qilmoqda.
-
«Mirassol» bilan o'yinni sababsiz o'tkazib yuborgani: Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchi tribunada bo'lishini oldindan ma'lum qilgan esa-da, uning maydonda ko'rinmagani va o'yinni nega o'tkazib yuborgani borasida federatsiyada savollar paydo bo'lgan.
-
Sun'iy maydonda o'ynashdan bosh tortish: Neymar «Palmeyras»ga qarshi printsipial bahsda faqat maydon qoplamasi sun'iy ekani sababli ishtirok etmadi. Bu qaror jamoa manfaatlariga zid deb baholanmoqda.
-
Terma jamoaning qat'iy pozitsiyasi: Murabbiylar shtabi asosiy futbolchilarning barcha o'yinlarda ishtirok etishini kutmoqda. Neymarning o'yinlarni «saralab» qatnashishi terma jamoa ichki muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi aytilmoqda.