Diario Sport nashrining ma'lumoticha, Neymar faoliyatini Braziliyada davom ettiradi. U futbolchilik faoliyatini «Santos»da davom ettirgan holda Jahon chempionatida ishtirok etish imkonini qo'lga kiritishni maqsad qilgan.

Avvalroq Neymarning Evropaga qaytishi ehtimoli muhokama qilingan edi, ammo manba bu variantni rad etmoqda. Shuningdek, u Lionel Messi va Luis Suares bilan «Inter Mayami»da yana birlashish imkoniyatini ham ko'rib chiqqan, ammo bu faqat Jahon chempionatidan keyingina amalga oshishi mumkin.

Hozircha Evropada Neymarga katta qiziqish bildirilayotgani yo'q. Futbolchi 2025 yil davomida uch marta mushak jarohati olgani qayd etilgan.

Manba: football24.ru