Braziliyalik yulduz Neymarning «Santos» bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning dekabr oyi oxirida yakunlanadi.

Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko'ra, 33 yoshli hujumchi uchun ikki ehtimoliy yo'nalish bor. Birinchisi — AQShning «Inter Mayami» klubiga ko'chib o'tib, Lionel Messi va Luis Suares bilan qayta birlashish. Bu variant hanuz inkor etilmayapti.

Ikkinchi yo'nalish — «Santos» bilan bitimni uzaytirish. Neymarning kelajagi borasidagi yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Neymar joriy yil boshida vatanga qaytib, «Santos» bilan qisqa muddatli shartnoma imzolagan edi. U avval Evropaga qaytishni rejalashtirgan, ammo kutilgan darajada o'yin ko'rsatmagani sababli, bitimni yana yarim yilga uzaytirgan edi.