Neymar qaysi jamoa uchun ko'proq xet-trik qayd etgan?

"Santos" Braziliya chempionati doirasida "Juventuda"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. G'oliblar safidagi uchala golga ham Neymar mualliflik qildi.
Ushbu xet-trik braziliyalik futbolchi uchun faoliyatidagi 22-xet-trik bo'ldi, deb xabar beradi Opta Stats. U "Santos" tarkibida eng ko'p - 10 bor 1 o'yinda 3 ta gol urgan.
E'tiborlisi, qolgan jamoalarida 33 yoshli vinger 4tadan xet-trik qayd etgan. Bu ro'yxatdan "Barselona", "PSJ" va Braziliya terma jamoasi o'rin olgan.
Neymar "Santos" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Braziliyalik "Al-Hilol"dagi muvaffaqiyatsiz davrdan keyin yanvar oyida o'z klubiga qaytdi. Joriy mavsumda yulduz vinger barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kommentariyalar