Neymar kamida bir oy maydondan tashqari qoladi

"Santos" hujumchisi Neymar jarohat sababli kamida bir oy o'yinlarda qatnashmaydi. Bu haqda UOL Esporte jurnalisti Lukas Musetti xabar berdi.
Klub avvalroq futbolchida o'ng son mushaklari jarohati aniqlanganini ma'lum qilgan edi.
Manbaga ko'ra, 20 sentyabr kuni Neymar qo'shimcha tekshiruvdan o'tadi. Hozircha taxmin shunday: "juda jiddiy emas, lekin engil ham emas". Shu bois, u kamida bir oy o'yinlarda ishtirok etmaydi.
Manba: sport24.ru