Neymar Jahon chempionati vaqtida Messi bilan ko'p gaplashayotganini aytdi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Lionel Messi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. O'z vaqtida Neymar va Messi "Barselona" hamda "PSJ" klublarida birgalikda to'p surishgan.
"Leo maydondan tashqarida yanada yaxshiroq inson. U maydonda juda ajoyib, endi hayotda qandayligini tasavvur qilib ko'ring. Shu sababli men u bilan tanish bo'lganimdan va birga o'ynaganimdan juda xursandman. U juda ajoyib do'st. Biz ko'p muloqot qilamiz, shu jumladan so'nggi kunlarda ham gaplashdik. U uni qanchalik qadrlashimni yaxshi biladi", — deya Neymarning so'zlarini keltiradi The Touchline nashri.
Eslatib o'tamiz, Argentina va Braziliya terma jamoalari Jahon chempionati — 2026 turnirida o'z guruhlarida birinchi o'rinni egallashni kafolatlab bo'lishgan. Braziliyaliklar bunga 3-turdan keyin erishishgan bo'lsa, argentinaliklarga 2 ta turning o'zi kifoya qildi. Endilikda har ikki jamoa pley-off bosqichidagi ilk raqiblari kim bo'lishini kutishmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar