Neymar Aleks Pereyrani Ankalaev bilan revansh jangidagi g'alabasi bilan tabrikladi

Braziliyalik yulduz futbolchi Neymar yarim og'ir vazn toifasida (93 kg gacha) ikki karra UFC chempioni bo'lgan hamyurti Aleks Pereyrani rossiyalik Magomed Ankalaev bilan revansh jangidagi g'alabasi bilan tabrikladi.

Eslatib o'tamiz, jangchilar o'rtasidagi bahs Las-Vegasda (AQSh) bo'lib o'tgan UFC 320 musobaqasida bo'lib o'tdi va Pereyra birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.