Nevillning fikricha, "Chelsi" va Mareska bir-biriga to'g'ri kelmaydi

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill "Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska haqida fikr bildirdi.
So'nggi vaqtlarda matbuotda italiyalik mutaxassis va klub bosslari o'rtasidagi kelishmovchiliklar qizg'in muhokama qilinmoqda. Bunday gap-so'zlarga murabbiyning matbuot anjumanlarida aytgan gaplari sabab bo'ldi.
"Mareska - ajoyib murabbiy, ammo menda unga tajribali futbolchilar kerak, "Chelsi"ning hozirgi tarkibiga esa tajribaliroq murabbiy kerak, degan tasavvur paydo bo'ldi. Bu jamoa Mareska uchun juda yosh," - dedi Nevill.
"Ko'klar" Premer-liga 17-turidan keyin turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. 27 dekabr kuni londonliklar o'z uylarida "Aston Villa"ni qabul qilishadi.