Gari Nevill Ole Gunnar Sulsherning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi lavozimiga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Men bunga qarshi emasman. Mana shunday hodisa "Liverpul"da 25-30 yil avval sodir bo'lgan, ular g'alabasiz davrni boshdan kechirganlarida sobiq murabbiy kelib vaziyatni o'nglagan.

Biroq "Yunayted" buni 12 yildan beri muvaffaqiyatsiz bajarmoqda", dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi.