Nevill Sheshkoning jismoniy holati haqida fikr bildirdi

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill mankunianliklarning yozgi yangi transferi Benyamin Sheshkoning APL yangi mavsumi startidagi harakatlariga baho berdi.
"Sheshko, aytaylik, hozir eng yaxshi jismoniy holatdan juda uzoqda va u endigina rivojlanmoqda. Ehtimol, Sheshko kelasi shanba kuni "Byornli"ga qarshi maydonga tushishi kerak, shunchaki u o'ynashi kerak, chunki ko'rib turganingizdek, unga futbol kerak," - dedi Nevill.
Mutaxassisning qo'shimcha qilishicha, bunday qimmat o'yinchini zaxirada qoldirib bo'lmaydi, hatto u hozircha natija keltirmayotgan bo'lsa ham.