Nevill nima uchun faqat Argentina Frantsiyaga qarshi tura olishini tushuntirdi

Gari Nevillning fikricha, hozirgi vaqtda Frantsiyani to'xtatish JCh-2026ning faqatgina bir ishtirokchisi qo'lidan keladi.
«Mening nazarimda, hozir Frantsiyani to'xtata oladigan yagona jamoa — bu o'z mentaliteti tufayli Argentinadir. Ularning matonati, o'yinga bo'lgan ochligi va tajribasi bunga yordam beradi.
Menimcha, hozirda Frantsiyaning yo'liga to'siq bo'la oladigan darajadagi ichki birdamlikka ega bo'lgan yagona jamoa ham aynan ulardir.
To'g'ri, balki yana kimdir o'zini ko'rsatar. Angliya, Ispaniya, Portugaliya — biz ularning o'sishini ko'rishimiz mumkin. Bundan umid qilib qolamiz», — dedi Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi ITV efirida.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar