Nevill Frantsiyaning JCh-2026 dagi g'alabasiga ishonmoqda

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevill Frantsiya terma jamoasini 2026 yilgi Jahon chempionatining asosiy favoriti deb hisoblaydi. Ekspertning fikricha, futbolchilarning keng tanlovi tufayli Dide Desham jamoasi yuqori moslashuvchanlik xususiyatiga ega.
«Ularda jismoniy kuch, kuchli mentalitet va texnik mahoratga ega bo'lgan futbolchilar uyg'unligi mavjud. Bu ularga to'pni va o'yin nazoratini ushlab turishga, shuningdek, tezkor hujum tashkil qilishga imkon beradi», — deya ekspertning so'zlarini keltiradi The Sun.
Qur'a natijalariga ko'ra, frantsuzlar "I" guruhidan joy olishgan. Ular bilan birga Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalari kurash olib boradi. Frantsiyaning turnirdagi ilk o'yini 16 iyun kuni Senegalga qarshi bo'lib o'tadi.