Nevill "Arsenal"ning chempionligini taxmin qilmoqda

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevillning fikricha, Londonning "Arsenal" jamoasi uzoq kutilgan Premer-liga chempionligi uchun barcha imkoniyatlarga ega.
"To'pchilar" 17 ta o'yindan so'ng 39 ochko bilan jadvalda etakchilik qilmoqda, ular "Manchester Siti" (37) va "Aston Villa" (36) dan oldinda.
"Arsenal" juda yaxshi holatda. Aslida, menimcha, farq fevral va mart oylarida kengayadi. Menimcha, bu "Arsenal"ning yili va menimcha, jamoa bu safar buni qo'ldan boy bermaydi", dedi Sky Sports mutaxassisi.