«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi, hozirda esa britan televideniesida ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Gari Nevill yaqinda yakuniga etgan Jahon chempionati — 2026 finalida Argentina milliy terma jamoasining ko'rsatgan o'yiniga tanqidiy baho berdi.

«Argentina juda yomon futbol ko'rsatdi. Biroq ularning bunchalik uzoqqa borganini e'tirof etish lozim. Jamoa juda bo'sh o'ynagan bo'lsa-da, faqatgina jamoaviy birdamlik evaziga musobaqada shunchalik oldinga o'tdi. Ularda hammani orqasidan sudrab yurgan Messi bor. Agar Lionel bo'lmaganida, ular yarim finalga ham etib bora olmasdilar», — deya ekspertning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Mundial finalida Argentina Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

Manba: Stadion.uz