Portugaliya terma jamoasi vingeri Pedru Netu jamoa Krishtianu Ronalduning o'yiniga qaram emas deb hisoblaydi.

«Menimcha, Krishtianu biz uchun juda muhim. Lekin "unga tayanamiz" degan so'z juda balandparvoz deb hisoblayman.

Ha, biz agar to'pni jarima maydonchasi ichiga etkazib bersak, u gol urishining ehtimoli juda yuqori ekanligini tushunamiz.

Shunga qaramay, albatta, biz maydondagi har bir futbolchimiz uchun golli vaziyatlar yaratamiz. Va bu biz aynan ustida ishlayotgan narsadir.

Bizning o'z o'yin sxemalarimiz va o'z o'yin uslubimiz bor. Krishtianuga qarammiz deb o'ylamayman, lekin, shubhasiz, biz unga to'liq ishonamiz», — dedi Pedru Netu.

Manba: Stadion.uz