Netflix EChLni namoyish etmoqchi

Amerikaning Netflix striming servisi UEFA Chempionlar Ligasi o'yinlarini namoyish qilmoqchi. The Times nashri o'z sahifalarida ma'lum qilishicha, ayni damda Netflix mutaxassislari Evropaning asosiy klub musobaqasi o'yinlarini translyatsiya qilish huquqini qo'lga kiritish uchun ariza topshirishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Qayd etilishicha, UEFA klublar o'rtasidagi turnir o'yinlarini translyatsiya qilish huquqini sotishdan taxminan 5 milliard evro ishlab olmoqchi.
Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumida umumiy bosqichning ikki turi bo'lib o'tdi. "Bavariya", "Real", "PSJ", "Inter", "Arsenal" va "Qorabog'" hozircha 6 ochkodan to'plagan. Keyingi tur 21 va 22 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.