Kolumbiya futbol federatsiyasi Nestor Lorentso terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida faoliyatini davom ettirishini rasman e'lon qildi.

Kolumbiya terma jamoasi JCh–2026da nimchorak finalgacha etib bordi. Ushbu bosqichda jamoa Shveytsariyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.

Mundialda kolumbiyaliklar Portugaliya, DR Kongo va O'zbekiston ishtirok etgan guruhda birinchi o'rinni egalladi. 1/16 finalda esa Gana ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l olgandi.

60 yoshli Nestor Lorentso boshqaruvida Kolumbiya terma jamoasi 2024-yilgi Amerika kubogida kumush medallarni qo'lga kiritgan. Shuningdek, jamoa 2022–2024-yillar oralig'ida qariyb ikki yil davomida mag'lubiyat nimaligini bilmagan edi.

Manba: Stadion.uz