O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashiy Osiyo vakillarining JCh-2026dagi ishtirokidan nimalar kutayotganini aytdi.

«Shubhasiz, oxirgi 20 yil ichida O'zbekistonda futbol yangi bosqichga chiqa oldi, hozir u erda asr boshidagi muammolar qolmagan. Jamoaning Jahon chempionatiga chiqqani esa buning yaqqol tasdig'idir. Menimcha, pley-offga chiqish uchun imkoniyatlar bor va ular ancha yaxshi. Barcha yangi holatlar va imkoniyatlarni hisobga olsak, bu amalga oshishi mumkin», — dedi Nepomnyashiy.

O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida jamoamizga quyidagi raqiblar to'qnash keladi:

Kolumbiya (18 iyun);

Portugaliya (23 iyun);

DR Kongo (28 iyun).