Nemis klubiga etadigani topilmayapti

Germaniyaning “Shtutgart” klubi o'z maydonida himoyalanish borasida benuqson natijalarni ko'rsatmoqda.
Opta Sports xabariga ko'ra, o'tgan dam olish kunlaridan so'ng shvabiyaliklar Evropaning kuchli beshlik ligalarida o'z maydonida birorta ham gol o'tkazmagan yagona jamoa bo'lib qolishdi.
Bu ligalarga Premer-liga, Ispaniya Primerosi, Italiya A seriyasi, Frantsiya 1-ligasi va Germaniya Bundesligasi kiradi.
«Shtutgart» Bundesligada jami 3 ta uy uchrashuvida maydonga tushib, Myonxengladbaxning «Borussiya»si (1:0), «Sankt-Pauli» (2:0) va «Xaydenxaym» (1:0) klublarini mag'lub etgan.