Nega "Old Trafford" Evro-2028 ro'yxatida yo'q?

"Manchester Yunayted" stadioni Evro-28 musobaqasida foydalanilmaydi. Xabarlarga ko'ra, bundan ikki yil oldin "MYu"ning qayta rekonstruktsiya rejalari sababli "Old Trafford" foydalaniladigan stadionlar ro'yxatidan tushib qoldi. Angliya FA bunga ruxsat bergan.
Hozirda "MYu" stadionini butunlay qaytadan qurib chiqishni ko'zlamoqda. Avvalroq, Manchester shahrida faqatgina "Etihad" mezbon stadion nomini olgani haqida xabar qilingan edi. Undan tashqari jami 9ta o'yingoh kelayotgan Evroda foydalaniladi.