«Neftchi» yangiliklar e'lon qilishda davom etmoqda: 4 nafar asosiy futbolchi bilan shartnoma uzaytirildi

Superliganing amaldagi chempioni "Neftchi" nafaqat o'z tarkibiga yangi futbolchilarni qo'shib olmoqda, balki asosiy futbolchilari bilan yangi shartnoma ham imzolamoqda.
Farg'onaliklar birdaniga 4 nafar asosiy futbolchisi bilan yangi shartnoma imzoladi.
Muhsin Ubaydullaev (himoyachi) - 2027 yil yakunigacha.
Ikrom Aliboev (yarim himoyachi) - 2027 yil yakunigacha.
Farruh Sayfiev (himoyachi) - 2026 yil yakunigacha.
Botirali Ergashev (darvozabon) - 2027 yil yakunigacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
Manba: www.stadion.uz.