«Neftchi» vingeri jamoa bilan xayrlashdi

Farg'onaning "Neftchi" klubi qanot vingeri Bilolxon Toshmirzaev jamoani tark etdi. Bu haqda futbolchi o'z Instagram sahifasida e'lon qildi.
«Neftchi» muxlislari, 3 yillik mehnatimga rozi bo'linglar. Sizlarni yaxshi ko'raman. Menda juda yaxshi xotiralar qoldi, jamoaga keyingi mavsumda ham omad tilayman. Nasib bo'lsa, yana ko'rishamiz», - deb yozgan 28 yoshli futbolchi.
Toshmirzaev farg'onaliklar safida jami 63 ta o'yinda 9 ta gol urib, 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Manba: www.stadion.uz.