Xabaringiz bor, Farg'onaning "Neftchi" klubi bugun O'zbekiston U-17 terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Islombek Ismoilov bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, 33 yoshli mutaxassis "yo'lbarslar" bilan 3 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolagan.

Uning oldiga Elit OChLda munosib ishtirok etish va Superliga chempionligini himoya qilish kabi vazifalar qo'yilgan.

Manba: www.stadion.uz.