"Neftchi" hujumchisi jamoa bilan xayrlashdi

Farg'onaning "Neftchi" klubi hujumchisi Shahzod Ne'matjonov o'z Instagram sahifasida jamoani tark etganini e'lon qildi.
"Bu jamoa menga nafaqat futbol, balki odamlarni qadrlashni o'rgatdi. Birga kuldik, birga kurashdik, birga o'sdik. Hamma-hammadan minnatdorman. Oldinda yangi yo'l, yangi maqsadlar", - deb yozdi 22 yoshli forvard.
Ne'matjonov farg'onaliklar safida jami 7 ta o'yinda 173 daqiqa maydonda harakat qildi.