"Neftchi" 1 oydan ko'proq Turkiyada yig'in o'tkazadi

Superliganing amaldagi chempioni "Neftchi" yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada olib boradi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida aytib o'tdi.
"Jamoamiz 5 yanvardan 15 fevralga qadar Turkiyada yig'in o'tkazadi", - dedi 33 yoshli mutaxassis matbuot anjumanida.
Manba: www.stadion.uz.