Bu haqda madridliklar matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Atletiko" akciyadorlari safiga rasman qo'shilganimdan xursandman. Bu Yevropa futbolida ulkan yutuqlar tarixiga ega klub va men uning kelajagining bir qismi bo'lish imkoniyati yaratilganidan minnatdorman", – dedi basketbolchi.

2.jpg

28 yoshli kanadalik sportchi 2024/25 yilgi mavsum "Oklaxoma" safida NBA chempioni bo'lgan. Shuningdek, u ikki marta NBA muntazam chempionatining eng foydali o'yinchisi (MVP) deb topilgan.

Ispaniya chempionatining 7 turidan so'ng "Atletiko" 16 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.