Turkiyaning Antaliya shahrida mavsumoldi yig'in o'tkazayotgan "So'g'diyona" ilk o'rtoqlik bahsini o'tkazdi. Raqib Seriyaning "Spartak" klubi bo'ldi.

Yomg'irli ob-havoda kechgan uchrashuv 2:3 hisobida "Spartak" foydasiga yakunlandi.

Jizzaxliklar safida gollarga Feysal Mulich va Ulug'bek Kenjaev (penaltidan) mualliflik qildi.

Boshlang'ich tarkib: Nikola Merkovich, Zoir Jo'raboev, Islom Qobilov, Filip Ivanovich, Suhrob Izzatov, Dilshod Misraliev, Ollobergan Karimov, Javohir Qahramonov, Aleksandar Boljevich, Lyupcho Doriev, Feysal Mulich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Otabek Jo'raqo'ziev, Toxir To'xtasinov, Abdulaziz Abdirashidov, Shohruh Isoqov, Oybek Nurmatov, Ulug'bek Kenjaev, Abduazim Ortiqov, Kamol Karimov, Ayub Omonov.