Nazorat uchrashuvi. "Neftchi" Turkiyadagi so'nggi bahsida "Irtish"ni mag'lub etdi

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada olib borgan Superliganing amaldagi chempioni "Neftchi" bugun yig'in doirasidagi so'nggi nazorat o'yinini Qozog'istonning "Irtish" jamoasiga qarshi o'tkazdi.
30 daqiqadan 4 taym bo'lib o'tgan bellashuvda Islombek Ismoilov shogirdlari 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
NAZORAT UChRAShUVI
17.02.2026 | 13:00
Turkiya, Belek shahri
"NEFTChI" (O'zbekiston)
"Irtish" (Qozog'iston) 3:2
Gollar: Irtish 22’ 0:1, Yovan Jokich 44’ 1:1, Abror Ismoilov 70’ 2:1, Irtish 77’ 2:2, Stipe Peritsa 80’ 3:2.
“Neftchi” 1-bo'lim: Botirali Ergashev, Muhsin Ubaydullaev, Nurmuhammad Abdug'aniev, Farruh Sayfiev, Muhammadqodir Rasuljonov, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov, Vladimir Yovovich, Alisher Odilov, Asilbek Jumaev, Zoran Marushich.
“Neftchi” 2-bo'lim: Akbar To'raev, Anvar G'ofurov, Boyan Tsiger, Izzatillo Po'latov, Rustambek Fomin, Aziz Erimbetov (Ratino, 77), Daler Tuxsanov, Xurshid G'iyosov, Abror Ismoilov, Stipe Peritsa (Nurbek Sarsenbaev, 80).
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov