Bugun, 12 yanvar kuni «Dinamo» jamoasi Toshkentda «Xorazm»ga qarshi nazorat bahsini o'tkazdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida Azizbek Amonovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi, jamoalar tanaffusga durang hisob bilan chiqishdi – 0:0.

Ikkinchi bo'limda esa Vadim Abramov boshqa tarkibni sinab ko'rdi va 50-daqiqada ko'rikda bo'lgan bolgariyalik 24 yoshli vinger Giorgi Babalievning uzatmasidan keyin Mirjahon Mirahmadov hisobni ochdi – 1:0.

57-daqiqada esa Babalievning o'zi kuchli zarbasi bilan chiroyli golga mualliflik qildi – 2:0.

84-daqiqaga kelib, urganchliklar Danila Ejovning goli bilan hisobni qisqartirishdi – 2:1.

90-daqiqada esa Babaliev boshlagan hujumdan keyin Mirahmadovning darvozaga bosh bilan yo'llagan zarbasi to'singa tegdi, qaytgan to'pni Xalilov darvozaga yo'lladi – 3:1

Nazorat uchrashuvi. 12 yanvar
«Dinamo» - «Xorazm» - 3:1
Gollar: Mirjahon Mirahmadov 50, Giorgi Babaliev 56, Xislat Xalilov 90 – Danila Ejov 84.
«Dinamo»: Ravshanbek Yagudin, Ulug'bek Abdullaev, Jaloliddin Jumaboev, Jahongir O'rozov, Sanjar Qodirqulov, Dramane Salou, Nurullo To'xtasinov, Rasul Yo'ldoshev, Azizbek Amonov, Anvarjon Hojimirzaev, Ulug'bek Hoshimov.
2-bo'limdagi tarkib: Edem Nemanov, Artyom Kolobov, Jaloliddin Jumaboev (Sanjar Qodirqulov, 76), Maqsudxo'ja A'loxo'jaev, Giorgi Babaliev, Fozil Zokirov, Oybek Hamroqulov, Xislat Xalilov, Firdavs Abdurahmonov (Abdulahad Hoshimov, 70), Behruzbek Obloqulov, Mirjahon Mirahmadov.

Manba: "Dinamo" matbuot xizmati