Nazorat o'yini. «Neftchi» «Dinamo Batumi»ni yirik hisobda mag'lub etdi, Peritsa debyut golini urdi

Islombek Ismoilov boshchiligidagi Farg'onaning "Neftchi" klubi yangi mavsumga tayyorgarlik davomida bugun Turkiyaning Belek shahrida Gruziyaning "Dinamo Batumi" jamoasiga qarshi o'yin o'tkazdi va 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
NAZORAT UChRAShUVI | 10.02.2026 | Turkiya, Belek shahri
«NEFTChI» (O'zbekiston) — «DINAMO BATUMI» (Gruziya) — 4:1
Gollar: Stipe Peritsa (58' pen, 1:0), Abror Ismoilov (61', 2:0), Xurshid G'iyosov (69', 3:0), Dmitriy Mandrichenko (76', 3:1), Asilbek Jumaev (84', 4:1).
«Neftchi» (1-bo'lim): B.Ergashev, I.Po'latov, B.Tsiger, F.Sayfiev, A.G'ofurov, Y.Jokich, I.Aliboev, A.Ismoilov, S.Peritsa, J.Iskanderov, A.Odilov.
«Neftchi» (2-bo'lim): B.Ergashev, I.Po'latov, B.Tsiger, M.Rasuljonov, R.Fomin, A.Muratov, A.Jumaev, N.Abdug'aniev, Z.Marushich, D.To'xsanov, X.G'iyosov.
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov