Nazorat o'yini. «Dinamo» OKMK bilan durang qayd etdi

Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida «Dinamo» jamoasi Toshkentdagi navbatdagi nazorat o'yinida OKMK klubiga qarshi maydonga tushdi.
«Olimpiya» stadionidagi maydonda bo'lib o'tgan bahsda bosh murabbiylar – Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov asosiy tarkibdan tashqari, bir qator yosh o'yinchilarni sinovdan o'tkazdi. Birinchi bo'limda Anvarjon Hojimirzaev tomonidan kiritilgan gol bilan «dinamochilar» hisobni ochdi – 1:0.
Ikkinchi bo'limda murabbiylar bir qator o'zgarishlarga qo'l urib, ko'rikdagi o'yinchilarni ham sinovdan o'tkazishdi. Olmaliqliklar Aziz Xolmurodovning goli evaziga muvozanatni tiklashdi – 1:1. Yakunda bahs durang natija bilan tugadi.
Shu tariqa, «Dinamo»ning Toshkentdagi dastlabki yig'ini yakuniga etdi. Jamoamiz 16 yanvardan BAAda yig'in boshlaydi.
Nazorat o'yini. 14 yanvar. Toshkent
OKMK – «Dinamo» - 1:1
Gollar: Aziz Xolmurodov 50 – Anvarjon Hojimirzaev, 42.
«Dinamo»: Edem Nemanov, Jahongir O'rozov, Jaloliddin Jumaboev, Salim Mustafoev, Giorgi Babaliev, Rasul Yo'ldoshev, Dramane Salou, Firdavs Abdurahmonov, Jahongir Abdusalomov, Azizbek Amonov, Anvarjon Hojimirzaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Ulug'bek Abdullaev, Behruzbek Obloqulov, Xislat Xalilov, Abdulahad Hoshimov, Ulug'bek Hoshimov, Mirjahon Mirahmadov.