Nazorat o'yini. “Buxoro” “Qizilqum”dan ustun keldi

FIFA kunlari sabab “Buxoro” va “Qizilqum” nazorat uchrashuvida bellashishdi.
Buxoro shahridagi “Akademiya” stadionida o'tgan bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Bilol Tupliev va Javohir O'tamurodov gollarga mualliflik qilishdi.