Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi "Navbahor" hujumkor yarim himoyachisi Shohmalik Komilovga qiziqish bildirmoqda.

Sobitqadam telegram-kanali xabariga ko'ra, "qaldirg'ochlar" 25 yoshli futbolchining agenti bilan bog'langan. O'z navbatida, Komilov hali taklifga javob bermagan. U "Navbahor"ning yangi shartnoma taklifini ko'rib chiqmoqda.

Komilov o'tgan mavsumda "lochinlar" safida jami 31 ta o'yinda 1 ta gol urib, 7 ta golli uzatma muallifiga aylangan.