«Navbahor» safida yakunlangan mavsumda klub sharafini himoya qilgan futbolchilar orasidan etakchilarni kelasi mavsumda ham «lochinlar» tarkibida olib qolishga harakat qilinmoqda.

"Lochinlar" bosh murabbiyi Timur Tohirovich Kapadze taqdim etgan short-list asosida jamoaning mahoratli himoyachisi Saidazamat Mirsaidov bilan kelishuvga erishilib, u bilan tuzilgan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi.


Futbolchi yakunlangan mavsumda Superliga va O'zbekiston kubogi bahslarida jami 33 ta o'yinda maydonga tushib, 2288 daqiqa o'ynab, raqiblar darvozasiga 1 ta gol urib, 2 assistni amalga oshirdi.

Manba: @fcnavbahor