“Navbahor”da Sergey Lushan o'rnini Sherzod Jo'raev egalladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Sherzod Jo'raev “Navbahor”ning sobiq futbolchisi, ko'p yillar klubda yordamchi sifatida faoliyat olib borgan hamda mavsum startidan shu kungacha yoshlar jamoasini boshqarayotgandi.

Sherzod Hamidovich boshqaruvida "Navbahor U-21" jamoasi hozirda musobaqa peshqadami sifatida turnir jadvalini boshqarib kelayotgan edi.

Manba: "Navbahor" klubi matbuot xizmati