"Navbahor" Abdulla Abdullaev va Asadbek Rahimjonovni transfer qildi

Namanganning "Navbahor" klubi yozgi transferlar vaqtida tarkibini kuchaytirmoqda.
O'zPFL xabariga ko'ra, klub Abdulla Abdullaev (tayanch yarim himoyachi) bilan yil oxirigacha, Asadbek Rahimjonov (markaziy himoyachi) bilan esa 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Abdullaev BAAning "Dibba" klubidan, Rahimjonov esa "Bunyodkor"dan erkin agent bo'lib keldi.


Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar