NATO sammitida Trampni «bezovta qilmaslik» uchun JCh mavzusi taqiqlandi

The Guardian nashrining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan NATO sammitida Jahon chempionati haqida gaplashmaslikka kelishib olingan.
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotining 36-sammiti 7–8 iyul kunlari Anqarada bo'lib o'tdi. The Guardian yozishicha, tashkilotga a'zo davlatlar etakchilari AQSh prezidentini «asabiylashtirmaslik uchun» u bilan bo'ladigan suhbatlarda futbol bo'yicha Jahon chempionatini tilga olmaslikka norasmiy tarzda kelishib olishgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq FIFA AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunga nisbatan diskvalifikatsiyani bekor qilgan edi. U JCh-2026 1/16 finalida Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinda (2:0) VAR aralashuvidan so'ng Tarik Muharemovichning to'pig'iga bosib olgani uchun qizil kartochka olgandi. Keyinchalik Balogunning bir o'yinlik diskvalifikatsiyasi bir yillik sinov muddati bilan to'xtatib turildi – shu tufayli AQSh hujumchisi 1/8 finalda Belgiyaga qarshi o'yinda (1:4) ishtirok etishga muvaffaq bo'lgandi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar