Qarshining "Nasaf" klubi joriy qishda bir qator etakchilari bilan xayrlashadi.

TopPodcast | O'zbek Futboli telegram-kanali xabariga ko'ra, qarshiliklarni qishda Sherzod Nasrullaev, Oybek Bozorov va Husayn Norchaev tark etadi.

Manba Nasrullaev va Bozorov faoliyatini Toshkent klubida davom ettirishini yozmoqda.

Hozirda qarshiliklar Superliga turnir jadvalida 56 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rindagi "Neftchi" hisobida 51 ochko va yana 1 qo'shimcha o'yin bor.

Manba: https://t.me/toppodcast1