Londonning «Arsenal» klubi va Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Samir Nasri «PSJ»ning amaldagi ustozi Luis Enrikening faoliyatini qaerda davom ettirishi mumkinligi borasida o'z fikrini bildirdi.

«Enrike Chempionlar ligasidagi ikkita g'alabadan keyin «PSJ»ni tark etishi mumkinmi? Agar unga «Barselona»dan qo'ng'iroq qilishsa u qaytishni xohlashi mumkin. Hozir uning ishlari Parijda juda yaxshi ketmoqda, shuning uchun yagona variant sifatida «Barselona»ni ko'raman», — deya frantsuzning so'zlarini keltiradi «Planet PSG».

Avvalroq ispaniyalik mutaxassis parijliklar top-klubi bilan hamkorlikni 2030 yilning o'rtalarigacha uzaytirishga yaqin turgani haqida xabar berilgan edi.