"Nasaf" "So'g'diyona" yulduzini sotib olish haqida o'ylamoqda

Qarshining "Nasaf" klubi "So'g'diyona" vingeri Lyupche Dorievning transferini sotib olish bo'yicha o'ylamoqda. Bu haqda TopPodcast xabar berdi.
Manbaga ko'ra, agarda klub Jizzax tomoni bilan transfer narxi bo'yicha kelisha olsa, Doriev "Nasaf" libosini kiyishi mumkin.
Hali yakuniy qaror qabul qilinmagan. Jizzax klubi ham Dorievni sotishi aniq emas.
30 yoshli Shimoliy makedoniyalik vinger joriy mavsumda jami 32 ta o'yinda 16 ta gol urib, 12 ta golli uzatma bergan.