Qarshining "Nasaf" klubi jamoa hujumkor yarim himoyachisi Sharof Muhitdinov bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

28 yoshli futbolchi bilan shartnoma yana 1 yilga uzaytirildi.

Sharof ortda qolgan mavsumda "ajdarlar" safida jami 36 ta o'yinda 6 tadan va assist muallifi bo'lgan.

Manba: "Nasaf" matbuot xizmati