"Nasaf" ikki futbolchining javobini kutmoqda

Qarshining "Nasaf" klubi kelasi mavsum uchun tarkibini kuchaytirish ishlarini olib bormoqda.
TopPodcast telegram-kanali xabariga ko'ra, qarshiliklar "Navbahor" vingeri Ruslanbek Jiyanov va "Dinamo" hujumchisi Anvar Hojimirzaevga katta taklif yuborgan.
Hozirda "ajdarlar" futbolchilarning yakuniy javobini kutmoqda.
Manba: https://t.me/toppodcast1