"Nasaf" jamoasi 9 fevral kuni OFK Chempionlar ligasi Elit musobaqasining 7-turi doirasida Iroqning "Ash-Shorta" klubi bilan kuch sinashadi.

Ayni kunlarda Qarshi shahridagi Markaziy stadioni ta'mirlash ishlari uchin yopilgani bois "Nasaf" ushbu tur bahsida raqibini Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadionida qabul qiladi.

Mazkur bellashuv 9 fevral kuni "Istiqlol" stadionida soat 18:45da start oladi.