"Nasaf" "Dinamo" etakchisiga qiziqish bildirmoqda

Samarqandning "Dinamo" klubi hujumchisi Anvar Hojimirzaev kelasi mavsumni "Nasaf" tarkibida o'tkazishi mumkin.
Jurnalist Narzulla Saydullaev xabariga ko'ra, qarshiliklar 31 yoshli futbolchini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishga qiziqmoqda. Hojimirzaevning "Dinamo" bilan shartnomasi noyabr oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Anvar joriy mavsumda jami 30 ta o'yinda 10 ta gol urib, 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.