Bir yo'la bir nechta klub, jumladan «Tottenxem» ham «Napoli»dan 23 yoshli yarim himoyachi Antonio Vergarani sotib olishga urinib ko'rdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma'lum qildi.

Manbaning xabar berishicha, neapolliklar Angliya Premer-ligasi vakillari — «Tottenxem» va «Bornmut» klublaridan kelib tushgan takliflarni rad etgan. Bundan tashqari, klub Vergarani A Seriyaning boshqa vakillari — «Komo» va «Atalanta»ga qo'yib yuborishni ham istamagan.

«Napoli» o'z yarim himoyachisini tarkibda saqlab qolmoqchi, chunki klub uni kelajakdagi yangi loyihaning asosiy va muhim o'yinchilaridan biri sifatida ko'rmoqda. Qayd etilishicha, Italiya klubi yaqin orada xavbek bilan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Ma'lumot uchun, Vergara — «Napoli» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda futbolchi barcha turnirlarni inobatga olgan holda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz