"Napoli" yozgi transfer oynasi vaqtida "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan Rasmus Xyoylundni to'liq sotib oladi, deya xabar berdi Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, neapolliklar 44 million evrolik sotib olish bandini faollashtirishga tayyor.

22 yoshli daniyalik forvard joriy mavsumda neapolliklar safida 6 ta o'yinda 4 ta gol urishga erishdi.