"Napoli" qanot hujumchisi Matteo Politano klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi, deya xabar berdi Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, klub va 32 yoshli italiyalik futbolchi amaldagi 2027 yilgacha kelishuvni 2028 yilgacha uzaytirishadi.

Hozirda Politano Transfermarkt portalida 10 million evroga baholanmoqda. U neapolliklar uchun jami 238 ta o'yinda 34 ta gol urgan va 35 ta assist berdi.