«Napoli» tez orada jamoa yarim himoyachisi Skott Maktomineyga yangi shartnoma taklif qiladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Neapol klubi prezidenti Aurelio De Laurentis va jamoa sport direktori Jovanni Manna yaqin haftalarda shotlandiyalik futbolchi bilan yangi kelishuv shartlarini muhokama qilish uchun uchrashuv o'tkazishadi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo'ljallangan.

Avvalroq Maktominey Shotlandiya terma jamoasi tarkibida «C» guruhida uchinchi o'rinni egallagan holda JCh-2026 musobaqasini tark etgan edi.

Xavbek «Napoli»ga 2024 yilning yozida «Manchester Yunayted»dan o'tgan edi. 2025/2026 yilgi mavsumda Maktominey klub safida barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 40 million evroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz